Kuvayt amiri vafot etdi
Shayx ilgari Kuvayt tashqi ishlar vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan va 1990-91 yillardagi Iroq bilan urushdan so‘ng ushbu mamlakat bilan yaqinlashish uchun faol harakat qilgan.
Kuvayt amiri shayx Saboh al-Ahmad al-Saboh 91 yoshida vafot etdi. Bu haqda al-Arabiyya telekanali xabar bermoqda.
Amir AQShda olamdan o‘tgan - u iyul oyida tibbiy ko‘rik uchun uchib kelgandi. Keyinroq u muvaffaqiyatli operatsiya qilingani va reabilitatsiya jarayonini o‘tayotgani xabar qilingandi.
Uning o‘rnini o‘gay ukasi, 83 yoshli shayx Navof al-Ahmad al-Jobir as-Saboh egallashi mumkin. Shayx Saboh al-Ahmad al-Saboh AQShga ketgach, uning vazifalarini qisman Navof al-Jobir as-Saboh bajarib kelayotgandi.
- Shayx Saboh al-Ahmad al-Saboh muqaddam bir necha o‘n yil mobaynida Kuvayt tashqi ishlar vaziri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan va 1990-91 yillardagi Iroq bilan urushdan so‘ng ushbu mamlakat bilan yaqinlashish uchun faol harakat qilgan.
- U amir lavozimiga 2006 yilda, merosxo‘r shahzoda Saad al-Abdulla as-Salom as-Saboh salomatligi yomonlashgani sababli lavozimidan chetlatilganidan so‘ng tasdiqlangan. Saboh demokratik islohotlar o‘tkazgan, xususan, ayollar huquqi, so‘z erkinligi va yig‘ilishlar o‘tkazish huquqi masalalarida.
- Shayx Saboh amaldagi eng keksa davlat rahbarlari orasida ikkinchi edi. Ayni vaqtda bu maqom Buyuk Britaniyaning 94 yoshli qirolichasi Yelizaveta II’ga tegishli.
Mavzuga oid
14:52 / 29.11.2024
O‘zbekistonda chiqarilgan tekstil mahsulotining Kuvaytga eksporti ortadi
15:57 / 26.11.2024
Kuvayt Sirdaryoda ko‘p qavatli uylar qurishi mumkin
14:50 / 21.11.2024
Kuvayt O‘zbekistonda Ona va bola klasterini tashkil etadi
11:30 / 23.10.2024