Ozarboyjon prezidenti Armanistonning o‘t ochishi oqibatida 10 nafar tinch aholi halok bo‘lganini ma'lum qildi
Ozarboyjon TIV va bosh prokuraturasining ma'lumotiga ko‘ra, 27 sentyabrdan buyon 30 nafar tinch aholi vakili yaralangan.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Qorabog‘ nizosi hududidagi to‘qnashuvlar boshlanganidan buyon Armaniston tomonining o‘t ochishi oqibatida 10 nafar tinch aholi halok bo‘lganini aytdi.
"O‘tgan ikki kun davomida bizda yo‘qotishlar bo‘ldi, xususan fuqarolar orasida ham. Afsuski, halok bo‘lgan tinch fuqarolar soni oshmoqda. O‘n kishi, jumladan, bir oilaning besh nafar a'zosi, ular orasida ikki bola ham bor, halok bo‘ldi ", - dedi u.
Ozarboyjon TIV va bosh prokuraturasining ma'lumotiga ko‘ra, 27 sentyabrdan buyon 30 nafar tinch aholi vakili yaralangan.
Eslatib o‘tamiz, 27 sentabr kuni Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar boshlandi. Har ikki tomon yerdan va havodan bir-biri tomonga zarbalar bermoqda. Har ikki davlatda harbiy holat e'lon qilingan.
Mavzuga oid
09:50 / 20.09.2024
Toshkentda O‘zbekiston-Ozarboyjon maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
20:33 / 18.09.2024
Armanistonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi
00:10 / 10.09.2024
Armaniston Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz rejim bo‘yicha muzokaralarni boshladi
22:04 / 03.09.2024