Fan-texnika | 23:43 / 30.09.2020
5615
1 daqiqa o‘qiladi
Telegram’da xabarlarga izoh berish imkonini beruvchi funksiya paydo bo‘ldi
Telegram messenjerida kanallarda postlarga izoh yozish funksiyasi paydo bo‘ldi. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov ma'lum qildi.
“Bugun biz kanallarda izoh berish funksiyasini ishga tushirmoqdamiz. Telegram yangilangandan keyin siz ba'zi kanallarda izohlar qoldira olasiz”, – deyilgan xabarda.
Durovning ta'kidlashicha, izohlar guruhli chatga o‘xshash bo‘ladi, ya'ni izohlar muayyan kanalga biriktiriladi. Uning aytishicha, foydalanuvchilar kanallar ma'murlari ruxsat bersa, audioxabarlar, stikerlar yoki GIF suratlar ko‘rinishida izohlar qoldirishlari mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid
15:30 / 26.09.2024
Pavel Durov fransuz tergovchilariga yiliga atigi bir dirham ishlab topishini aytgan - OAV
18:35 / 23.09.2024
Jinoyatchilarning Telegram raqamlari va IP-manzillari oshkor etiladi – Durov
20:17 / 21.09.2024
Telegram turli mamlakatlarning huquq-tartibot idoralari bilan hamkorlik qila boshladi
10:02 / 19.09.2024