AQSh, Rossiya va Fransiya Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat bo‘yicha qo‘shma bayonot bilan chiqdi
Donald Tramp, Vladimir Putin va Emmanuel Makronning fikricha, Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi kerak.
AQSh, Rossiya va Fransiya prezidentlari - Donald Tramp, Vladimir Putin va Emmanuel Makron qo‘shma bayonotda Armaniston va Ozarboyjon rahbarlarini Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha muzokaralarni hech qanday shartlarsiz qayta boshlashga chaqirdi.
«Biz Armaniston va Ozarboyjon rahbarlarini zudlik bilan, vijdonan va YeXHT Minsk guruhi hamraislari ko‘magida kelishuv bo‘yicha muzokaralarni tiklash uchun hech qanday shartlar qo‘ymasdan o‘z zimmalariga majburiyatlarni olishga chaqiramiz», - deyiladi Minsk guruhi hamraislari bo‘lgan davlat rahbarlarining bayonotida.
AQSh, Rossiya va Fransiya prezidentlari Donald Tramp, Vladimir Putin va Emmanuel Makronning fikricha, Tog‘li Qorabog‘dagi harbiy harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi kerak.
«Biz ishtirok etayotgan tomonlarning qurolli kuchlari o‘rtasida jangovar harakatlarni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiramiz», - deyilgan uch davlat rahbarining Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha qo‘shma bayonotida.
Prezidentlar, shuningdek, Tog‘li Qorabog‘ mojarosida halok bo‘lganlarning oilalariga hamdardlik bildirdi. «Biz halok bo‘lganlar va yaradorlarning oilalariga hamdardlik bildiramiz», - deyiladi hujjat matnida.
Bundan oldin, Ozarboyjon Armanistonning 16 tanki yo‘q qilinganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
21:32 / 25.12.2024
Azerbaijan Airlines samolyotining Qozog‘istondagi halokatida 38 kishi vafot etdi
21:10 / 25.12.2024
Azerbaijan Airlines Bokudan Grozniy va Mahachqal’aga uchadigan reyslarini to‘xtatdi
20:54 / 25.12.2024
Qozog‘istonda halokatga uchragan samolyot yerdan urib tushirilgani haqida taxminlar yangramoqda
16:16 / 24.12.2024