Tramp kasalxonaga yotqizildi. Uni qanday preparat bilan davolashayotgani ma'lum
Koronavirus yuqtirib olgan AQSh prezidenti Donald Tramp bir necha kun Uolter Rid nomidagi AQSh milliy harbiy tibbiyot markazida bo‘ladi. Bu haqda AP yozmoqda.
Agentlikning Oq uyga tayanib xabar berishicha, Tramp kasalxonada u uchun tayyorlab qo‘yilgan maxsus lyuks xonadan prezizidentlik faoliyatini davom ettiradi. Reuters'ga ko‘ra, Tramp kasalxonaga yotishni xohlamagan, lekin uning shifokorlari prezident kerakli tibbiy xizmatni olishi uchun kasalxonaga yotishiga ko‘ndirishgan.
AP'ning yozishicha, 74 yoshli Tramp koronavirus qiyin o‘tadigan odamlar sirasiga kiradi. Avvalo uning yoshi katta, shuningdek, bo‘yi 190 sm bo‘lgan Trampning og‘irligi 110 kg va bu normal holat hisoblanmaydi: «Tramp jismoniy tarbiya bilan shug‘allanmaydi va parhez qilmaydi», deb yozgan Reuters.
Trampning tanasiga Regeneron kompaniyasi muvaffaqiyatli sinalganini e'lon qilgan antinanali kokteyldan 8 gramm yuborishgan. Shifokorlar prezidentning tanasi preparatni muammosiz qabul qilganini ma'lum qilishdi.
Mavzuga oid
15:52 / 19.08.2023
Odam tanlamaydigan “huquqiy mashina”. Tramp nega ta’qib qilinmoqda?
10:06 / 16.02.2023
Koviddan keyingi sindrom bir necha oy ichida o‘zini namoyon qilishi mumkin - mutaxassis
03:31 / 16.02.2023
Koronavirusning kelib chiqishi bo‘yicha JSST surishtiruvi to‘xtab qoldi
10:02 / 31.01.2023