Jahon | 22:59 / 05.10.2020
7710
1 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda koronavirusga dunyodagi birinchi qog‘oz test ishlab chiqildi

Hindistonlik olimlar koronavirusni aniqlovchi arzon va tezkor qog‘oz test ishlab chiqishdi. Feluda deb nomlangan test bir soatdan kam vaqt ichida natijani beradi va 500 rupiy (6,75 dollar) turadi. 

Foto: bbc.com

Testning aniqligi 96 foiz darajasida baholangan. Test Crispr deb nomlangan genlarni tahrirlash texnologiyasiga asoslangan. U Dehlidagi Genomika va integrativ biologiya institutida ishlab chiqilgan.

Test Hindistonning Tata konglomerati tomonidan ishlab chiqariladi va koronavirusga dunyodagi birinchi qog‘oz test bo‘ladi.

“Bu sodda, aniq, ishonchli va tejamkor testdir”, deb aytgan Hindiston hukumatining bosh ilmiy maslahatchisi professor Vijay Ragxavan.

Test 2000 bemorda sinovdan o‘tkazilgan. Sinovlar davomida u 96 foiz sezuvchanlikka, 98 foiz spetsifiklikka egaligi o‘rnatilgan. Testning yuqori sezuvchanligi koronavirusga chalingan deyarli barchani aniqlash, yuqori spetsifikligi esa bu kasallikka chalinmaganlarni istisno qilish imkonini beradi. 

Hindistonning dori-darmonlar bo‘yicha mas'ul idorasi testni tijoriy maqsadda qo‘llashga ruxsat bergan.

Mavzuga oid