Jahon | 20:05 / 05.10.2020
6988
2 daqiqa o‘qiladi

JSST Yer yuzidagi har o‘ninchi inson COVID-19ga chalinishi mumkinligini taxmin qildi

JSST vakilining so‘zlariga ko‘ra, ko‘rsatkichlar shahar va qishloq joylarida hamda turli guruhlarda farq qilishi mumkin, ammo hisob-kitoblarga ko‘ra, "sayyora aholisining aksariyat qismi" COVID-19ga chalinish xavfi ostida turibdi.

Foto: Reuters

JSST sayyoramiz aholisining 10 foizi COVID-19ga chalinishi mumkinligini taxmin qildi. Bu haqda JSSTning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha direktori Maykl Rayanga tayanib Associated Press (AP) xabar berdi.

 Rayanning so‘zlariga ko‘ra, JSSTning hisob-kitobi bo‘yicha dunyodagi har 10 kishidan bittasi koronavirus yuqtirishi mumkin. Qayd etilishicha, bu 760 mln kishi demakdir.

Rayanning qo‘shimcha qilishicha, ko‘rsatkichlar shahar va qishloq joylarida hamda turli guruhlarda farq qilishi mumkin, ammo hisob-kitoblarga ko‘ra, "sayyora aholisining aksariyat qismi" COVID-19ga chalinish xavfi ostida turibdi.

Agentlikning qayd etishicha, JSSTning hisob-kitoblari dunyodagi koronavirus holatlari sonidan ancha ko‘p. Worldometer sayti ma'lumotiga ko‘ra, 5 oktabr holatiga dunyo bo‘yicha kasallanish holatlari 35 milliondan oshgan.

 Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 1 milliondan ortiq kishi koronavirus oqibatida vafot etgan.

Mavzuga oid