Jahon | 08:38 / 05.10.2020
43253
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirusga qarshi immunitet uzog‘i bilan qancha vaqt saqlanib qolishi mumkinligi ma'lum qilindi

Rossiyaning “Vektor” markazi laboratoriyasining sobiq rahbari Aleksandr Chepurnov koronavirusga qarshi immunitet virusga chalinib sog‘ayganlarda taxminan yarim yil saqlanib qolishi mumkinligini aytdi. 

Mutaxassisning ta'kidlashicha, koronavirusga chalinganlarda 3-4 oydan keyin antitanalar miqdori kamaya boshlaydi va to‘liq yo‘qolishi mumkin. 5-6 oydan keyin esa immunitet koronavirus antigeniga umuman javob bermay qo‘yadi.

“Shu sababli koronavirusga qarshi paydo bo‘lgan immunitetni yarim yillik deb baholayman. Biz hozirda aynan shunday bemor ortidan kuzatmoqdamiz. U bir oy avval a'lo darajadagi immunitetga ega bo‘lib turib, birinchi kasallanishdan 6 oy o‘tib yana virusga chalindi. Bundan kelib chiqsak, aprel va mayda kasallanganlar hozirda virusga qayta chalinish xavfi ostidalar”, deb ogohlantirgan mutaxassis.

Chepurnovning fikricha, kasallanganlar sonining oshishi koronavirusga qarshi ommaviy immunitetni shakllantirishga yordam bermaydi.

“Kasallanganlar yordamida ommaviy immunitetni shakllantirishga umid yo‘q. Bugunga kelib buni amalga oshirib bo‘lmasligi ayon bo‘ldi”, deb ta'kidlab o‘tgan virusolog. 

Mavzuga oid