Rossiya aviakompaniyalariga O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat berildi
Rosaviatsiya vakilining ta'kidlashicha, bu aviaqatnovlar tiklanganini anglatmaydi.
Rossiya aviakompaniyalari O‘zbekistonga muntazam parvozlarni amalga oshirishga ruxsat oldi. Bu haqda Rosaviatsiyaning tegishli buyrug‘i e'lon qilindi.
Ro‘yxatdan qatnovlar hozircha tiklanmagan mamlakatlar ham o‘rin olgan.
Ma'lum qilinishicha, aviakompaniyalar ochiq mamlakatlar: Belarus, Buyuk Britaniya, Misr, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Maldiv orollari, BAA, Turkiya va Tanzaniyaga parvozlar uchun ruxsat oldi. Parvozga ruxsat berilgan yopiq mamlakatlar esa Armaniston, Germaniya, Gretsiya, Isroil, Ispaniya, Italiya, Kipr, Xitoy, Malta, Niderlandiya, Ozarboyjon, Saudiya Arabistoni, Turkmaniston, Chexiya, O‘zbekiston.
Rosaviatsiya vakilining ta'kidlashicha, ushbu hujjat aviaqatnovlar tiklanganini anglatmaydi.
"Ruxsat – bu aviakompaniyaning parvozlarni tiklashda foydalana olishi mumkin bo‘lgan huquqi", — dedi u.
Rossiya mart oxirlarida boshqa mamlakatlar bilan muntazam va charter aviaqatnovlarni to‘xtatgandi. Keyinroq cheklovlar bosqichma-bosqich olina boshlandi.
Avvalroq, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Istanbul, Bishkek va Dubayga parvozlar sonini oshirayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
22:34 / 24.12.2024
Rossiya–Ukraina urushi tugaydimi? Putin nimani xohlaydi?
20:16 / 24.12.2024
WP: Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» - Rossiya energetikasiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
20:13 / 24.12.2024
Rossiyada jazo o‘tayotgan O‘zbekiston fuqarolarining voyaga yetmagan farzandlari vatanga qaytarildi
18:22 / 24.12.2024