Jahon | 21:45 / 05.10.2020
6817
1 daqiqa o‘qiladi

Trampning matbuot kotibida koronavirus aniqlandi

Keyli Makinenining ta'kidlashicha, u muntazam ravishda, xususan, mamlakat prezidenti Donald Trampning maslahatchisi Houp Hiksda koronavirus aniqlangan payshanba kunidan buyon har kuni tekshiruvdan o‘tgan.

Foto: Erin Scott / Reuters

Oq uy matbuot kotibi Keyli Makinenida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. U bu haqda o‘zining Twitter sahifasida ma'lum qildi.

"Dushanba kuni mening COVID-19ga topshirgan testim musbat chiqdi, simptomlar yo‘q. Karantin jarayonini boshlayman va amerika xalqi uchun masofadan turib ishlayman", - deb yozdi u.

Makinenining ta'kidlashicha, u bunga qadar muntazam ravishda, xususan, mamlakat prezidenti Donald Trampning maslahatchisi Houp Hiksda koronavirus aniqlangan payshanba kunidan buyon har kuni tekshiruvdan o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp 2 oktabr kuni o‘zi va rafiqasida koronavirus aniqlanganini xabar qilgandi. U oldinroq o‘zi bilan saylovoldi tashviqot safarida birga bo‘lgan maslahatchisi Houp Hiksda koronavirus aniqlangach, karantinga ketgan edi.

Mavzuga oid