Xorazm viloyati hokimi «Ta'lim homiysi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Xorazm viloyati hokimligi binosida xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov, viloyat hokimi Farhod Ermanov, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Hamro Bektemirov, tuman, shahar xalq ta'limi bo‘limi mudirlari, faol va faxriy ustozlar hamda viloyatdagi boshqa tashkilot vakillari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.
Unda Sherzod Shermatov so‘zga chiqib, Farhod Ermanov tomonidan ta'lim sohasiga qaratilgan e'tibor, xususan, mahalliy hokimlik mablag‘lari hisobidan umumta'lim maktablarida amalga oshirilgan ishlar, maktablarda SATT platformasining o‘rnatilishi va bu orqali maktab bitiruvchilarining oliy ta'lim muassasalariga kirishga tayyorgarlik ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yishdagi xizmatlarini alohida e'tirof qildi.
Shermatov viloyat hokimini ta'lim sohasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi, xususan, umumiy o‘rta ta'lim maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan amalga oshirgan ishlari uchun Xalq ta'limi vazirligining «Ta'lim homiysi» ko‘krak nishoni bilan taqdirladi.
Tadbir yakunida Farhod Ermanov bundan buyon ham yoshlarning ta'lim-tarbiyasi yo‘lidagi xizmatini davom qildirishini bildirdi.
Mavzuga oid
19:55 / 25.09.2023
«Diniy bag‘rikenglik» ko‘krak nishoni ta’sis etildi
20:25 / 04.09.2023
«Ibratli oila» ko‘krak nishonini berish tartibi belgilandi
11:08 / 18.03.2023
«Mahalla iftixori» ko‘krak nishoni Mahalla tizimi xodimlari kuni arafasida topshiriladi
12:03 / 26.12.2022