Tarozibonlikka ishga joylab qo‘yish uchun 80 ming dollar so‘ragan shaxs qo‘lga olindi
“Qarshi ikkilamchi qora metall” MChJga ishga joylashtirib ko‘yish evaziga 80 ming AQSh dollari talab qilingan.
Qarshi shahrida yashovchi fuqarolardan biri yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali mahalliy fuqaroni “Qarshi ikkilamchi qora metall” MChJga ishga joylashtirib ko‘yish evaziga 80 ming AQSh dollari talab qilgan.
DXX Qashkadaryo viloyati hamda Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u so‘ralgan 80 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkent shahrining Sergeli tumanida ijara huquqi asosida berilgan yer maydonini 37 500 dollarga sotmoqchi bo‘lgan MChJ rahbari ushlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
16:53 / 17.02.2023
Pora bilan qo‘lga tushgan sudyani jinoiy javobgarlikka tortishga ruxsat berildi
18:10 / 10.07.2019
Pora berish «mumkin emas»
18:54 / 18.12.2018
Bosh prokuratura: 12 ming dollar pora so‘ragan sudyaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
13:01 / 20.10.2018