JSST koronavirusga qarshi ommaviy immunitet g‘oyasini tanqid qildi
Gebreyyesusning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy immunitet kasallik yuqtirish orqali emas, balki emlash yo‘li bilan hosil qilinadi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirusga qarshi ommaviy immunitet g‘oyasini tanqid qildi. Bu haqda tashkilot bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyyesus ma'lum qildi.
«Ommaviy immunitet aholi virusdan saqlanishi mumkin bo‘lgan vaksinatsiya vaqtida foydalaniladigan konsepsiya hisoblanadi. Masalan, qizamiqqa qarshi ommaviy immunitet hosil qilish uchun aholining 95 foizini emlash kerak. Qolgan besh foiz aholi emlangan odamlar orasida qizamiq tarqalmasligi bois himoyaga ega bo‘ladi», — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy immunitet kasallik yuqtirish orqali emas, balki emlash yo‘li bilan hosil qilinadi.
Aynan shu sababli bunday strategiya ilmiy nuqtai nazardan ham, axloqiy nuqtai nazardan ham to‘g‘ri emas, deb ta'kidladi Gebreyyesus.
Avvalroq JSST mutaxassisi Mariya van Kerkxove koronavirusga chalinish holatlarining 80 foizga yaqini virusning 10-20 foiz kasallanganlardan yuqishi orqali yuz berishini aytgandi.
Mavzuga oid
19:15 / 15.11.2024
JSST: 2018 yildan beri dunyoda tibbiyot muassasalariga 7,4 mingdan ortiq hujum uyushtirildi
18:19 / 13.11.2024
JSST maktab o‘quvchilariga yuklama ortib borayotganidan xavotirda
18:52 / 08.11.2024
Har yili dunyoda 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda - JSST
17:48 / 01.11.2024