O‘zbekiston | 22:06 / 15.10.2020
68341
3 daqiqa o‘qiladi

Prezident selektorida yer sotayotgan vaqtida ushlangan amaldorlar haqida ma'lumot berildi

15 oktabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev yer hisobi va kadastr masalalariga bag‘ishlab yig‘ilish o‘tkazdi. Unda korrupsiyaga qarshi kurash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, majlisda oxirgi 6 oyda bu yo‘nalishda olib borilayotgan kurash o‘z natijasini berayotgani aytilgan.

«Ko‘rilgan choralar natijasida bir qator mansabdor shaxslar qo‘lga olingan bo‘lib, ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda hamda tegishli jazo choralari belgilanishi kutilmoqda», – deyiladi xabarda.

Jumladan:

  • Toshkent viloyati Qibray tumani hokimining investitsiya masalalari bo‘yicha o‘rinbosari J.Mashrabov 11 iyun kuni Qibray tumanidan 9 gektar bo‘sh yer maydonini 60 ming dollarga sotishni taklif qilib, 35 000 dollarga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
  • Toshkent shahar hokimligi qoshidagi kapital qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Allamuratov Chilonzor tumanidagi investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i X.Shukuraliyevga 25 iyun kuni Chilonzor tumanidagi 1 gektar yer maydonini 1,4 mln dollarga sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.
  • Andijon viloyati Marhamat tumani hokimi yordamchisi U.Alijonov sentabr oyida yaqin aloqalari orqali Marhamat tumani hududidan 11 gektar yer maydoni ajratish uchun jami 29 000 dollar olayotgan vaqtda ushlangan.
  • Farg‘ona viloyati Buvayda tumani hokimining birinchi o‘rinbosari M.Dehqonov oktabr oyida Buvayda tumanida joylashgan «Erkin iqtisodiy hudud»dan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 50 sotix yer maydonini rasmiylashtirib berish evaziga 20 000 dollar olgan vaqtida qo‘lga olingan.
  • Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani hokimi o‘rinbosari A.To‘ymachov, Kadastr bo‘limi boshlig‘i I.Qoraboyev bilan birgalikda 18 mart kuni Oqqo‘rg‘on tumanida joylashgan 1,5 gektar yer maydonini 1500 dollarga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
  • Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani hokimi o‘rinbosari Z.Mirzaxo‘jayev avgust oyida Bo‘stonliq tumanida joylashgan 5 sotix yer maydonini 25 000 dollarga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mavzuga oid