Si Tszinpin xitoylik harbiylarni urushga tayyor turishga chaqirdi
Xitoy raisi Si Tszinpin Guandun provinsiyasidagi harbiy bazaga tashrifi vaqtida dengiz piyoda qo‘shinlariga murojaat qilib, askarlarni “urushga tayyor turishga” chaqirgan.
Si Tszinpin Chaochjou shahridagi dengiz piyoda qo‘shinlari korpusini ko‘zdan kechirib, askarlarni “yuqori tayyorlik holatida bo‘lishga” va “mutlaq sodiq, ishonchli va bekam-ko‘st bo‘lishga” chaqirgan. U armiyaning kuchaytirilishi kelgusi besh yillikdagi asosiy vazifalardan biri bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.
“Biz joriy vaziyatga tayanishimiz va istiqbolli qarashga ega bo‘lishimiz, hal qilinmagan qarama-qarshiliklarni jiddiy o‘rganishimiz va hal qilishimiz hamda dengiz piyoda qo‘shinlarini kuchaytirishimiz kerak. Siz ongingiz va kuchingizni urushga jo‘nash va sergak bo‘lish uchun jamlashingiz lozim”, deb aytgan Xitoy rahbari.
Si Tszinpin dengiz piyoda qo‘shinlari korpusini Xitoy armiyasining mamlakat suvereniteti, xavfsizligi, hududiy yaxlitligi va manfaatlarini himoyalashga chorlangan nufuzli bo‘linmasi deb atagan.
Mavzuga oid
20:08 / 10.11.2024
Xitoyga tegishli marsoxod Marsda qadimiy okean izlarini topdi
17:55 / 10.11.2024
Xitoy Filippinning dengiz zonalariga oid qonuniga javoban patrullikni kuchaytiradi
15:18 / 10.11.2024
«Qarz qopqoni»: Xitoy tasarrufiga o‘tgan Shri Lanka porti
08:08 / 09.11.2024