O‘zbekiston | 10:58 / 17.10.2020
7366
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalari asosida yuqori tezlikdagi internet xizmatlari – Samarqand shahri Qorasuv aholisi uchun

Mamlakatimizda uy-joy bilan ta'minlash va zamonaviy talablarga javob beradigan ko‘p qavatli binolarni qurishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Qadimiy Samarqanddagi Qorasuv dahasi buning yaqqol misolidir.

Samarqand shahri aholisining uy-joyga bo‘lgan yuqori ehtiyojini inobatga olib, qo‘shimcha arzon ko‘p qavatli uylarni qurish 2018 yilda dasturga kiritilgan edi. Shu munosabat bilan, Samarqand shahri Qorasuv dahasida qariyb 50 gektar yer maydoni ajratilib, u yerda keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. O‘z-o‘zidan ma'lumki, yangi ko‘p qavatli uylarning aholisi turmushini zamonaviy telekommunikatsiya va so‘nggi aloqa texnologiyalarisiz tasavvur qilish mumkin emas, yangi ko‘chib kelganlar uchun yuqori tezlikdagi internet xuddi elektr energiyasi, gaz, issiq suv va isitish tizimi singari juda muhim omil hisoblanadi.

“O‘zbektelekom” AK Samarqand shahrining Qorasuv dahasidagi yangi uylarni loyihalashtirish va qurish bosqichidayoq zamonaviy aloqa tizimlarini yotqizish va o‘rnatishda faol ishtirok etgan edi. Mazkur hududda qurilgan 100 dan ortiq ko‘p qavatli uylar hududida Kompaniya tomonidan eng so‘nggi texnologiyalar asosida yuqori tezlikdagi internet hamda boshqa telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish uchun texnik imkoniyat yaratilgan.

Yangi xonadonga ko‘chib kirgan har bir aholi darhol yuqori tezlikdagi internetga, shuningdek uy telefoni va yuqori sifatdagi televideniye xizmatlaridan bahramand bo‘lish mumkin bo‘lgan IPTV xizmatlariga ulanishi mumkin. Yangi ko‘chib kirgan aholi uchun telekommunikatsiya xizmatlariga tez va arzon ulanish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. “O‘zbektelekom” AK Samarqand filiali xodimlari yangi uylar aholisi uchun o‘z xonadonlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sayyor ulanishlarni tashkil etishmoqda. Aholidan faqatgina shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma bilan aloqa va internet xizmatlariga ulanishning o‘zi kifoya. Kompaniya ofisiga kelib, ulanish uchun navbat kutishga hojat yo‘q.

Bundan tashqari, “O‘zbektelekom” AK yangi abonentlar uchun maxsus aksiya o‘tkazmoqda va bunda kompaniya tomonidan telekommunikatsiya xizmatlari ishlashi davrida abonent qurilmasidan bepul foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar hamda 100 metrgacha kabel taqdim etiladi.

“O‘zbektelekom” AK Samarqand filiali rahbariyati va xodimlari doimiy ravishda mahallalarda Samarqand aholisi bilan uchrashuvlar tashkil qilmoqda. Aholi bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish, muammolarni tezkor bartaraf etish uchun fuqarolarning aloqa sifatiga oid barcha murojaatlari va shikoyatlari ko‘rib chiqilmoqda.

Mamlakatimizda jadal sur'atlarda olib borilayotgan qurilish ishlari, fuqarolarning farovonligi – bularning barchasi ulkan va bunyodkorlik ishlari samarasidir. Zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlari raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatga ega mamlakatda aholining farovon turmushi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratmoqda.

“O‘zbektelekom” AK

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid