SpaceX yana 60ta sun'iy yo‘ldoshni orbitaga olib chiqdi
SpaceX 2020 yilda butun Shimoliy Amerika, 2021 yilda esa deyarli butun sayyora hududi kompaniya internet tarmog‘i bilan qamrab olinishini ma'lum qilgan.
Yakshanba kuni Falcon 9 tashuvchi raketasi Yer yaqinidagi orbitaga Starlink global internet tarmog‘i uchun mo‘ljallangan 60ta sun'iy yo‘ldoshdan iborat partiyani olib chiqdi. Bu haqda SpaceX kompaniyasi xabar bermoqda.
Bu Starlink loyihasi doirasida internet-sun'iy yo‘ldoshlarining o‘n to‘rtinchi marta orbitaga olib chiqilishidir. Loyiha o‘tgan yilning may oyida boshlangandi. 60ta sun'iy yo‘ldoshdan iborat avvalgi partiya 6 oktyabrda uchirilgandi.
Endilikda orbital guruhdagi sun'iy yo‘ldoshlar soni 833taga yetdi. SpaceX kompaniyasi dunyodagi eng yirik sun'iy yo‘ldosh operatori hisoblanadi.
Kompaniya kelgusida Yer yuzining istalgan nuqtasini keng polosali internet tarmog‘i bilan ta'minlash uchun 12 mingta sun'iy yo‘ldoshdan iborat orbital guruhni joylashtirmoqchi.
SpaceX 2020 yilda butun Shimoliy Amerika, 2021 yilda esa deyarli butun sayyora hududi kompaniya internet tarmog‘i bilan qamrab olinishini ma'lum qilgan. Ushbu loyihani amalga oshirish qiymati 10 mlrd dollar deb baholanmoqda.
Mavzuga oid
14:30 / 23.09.2024
SpaceX 2026 yilgacha Marsga beshta kema uchirmoqchi
20:36 / 12.09.2024
Tarixda ilk bor professional bo‘lmagan astronavtlar ochiq kosmosga chiqdi
21:36 / 10.09.2024
SpaceX birinchi shaxsiy tadqiqot missiyasini uchirdi. Noprofessional astronavtlar ochiq kosmosga chiqadi
18:16 / 08.09.2024