O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari hajmi qisqardi
O‘zbekistonning «xavfsizlik yostiqchasi» hajmi 33,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.
Markaziy bank O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari statistikasini yangiladi.
2020 yil 1 oktabr holatiga ko‘ra rasmiy zaxiralar 33,4 mlrd dollarni, xalqaro zaxiralar 32,7 mlrd dollarni tashkil etdi.
O‘zbekistonning zaxiralari zaif diversifikatsiyalangan, shuning uchun deyarli barcha miqdor oltin (18,6 mlrd dollar) va xorijiy valutadagi zaxira aktivlar (14,5 mlrd dollar, sentyabrda - 15,4 mlrd dollar) o‘rtasida taqsimlangan.
Zaxiralar, shu bilan birga, mamlakatning «xavfsizlik yostiqchasi» deb ham hisoblanadi - ular salbiy tashqi shok holatlarda zarbani kamaytiruvchi omil sifatida zarur va zaxiralarning yetarliligi shok holatlarning xususiyatiga bevosita bog‘liq.
O‘zbekiston 20 oylik importni moliyalashtirish uchun yetarli zaxiraga ega ekani ma'lum bo‘ldi. Bu xalqaro tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan ko‘rsatkichdan ko‘p.
Mavzuga oid
19:37 / 31.10.2024
«Valuta kursining 1 foizga qadrsizlanishi inflatsiyaga 0,3-0,4 foiz ta’sir ko‘rsatishi mumkin» - MB raisi
16:07 / 22.08.2024
Muomaladagi naqd pul miqdori birinchi marta 50 trln so‘mdan oshdi
14:31 / 08.08.2024
O‘zbekistonning rasmiy zaxiralari rekord miqdor – 37,4 mlrd dollarga yetdi
11:36 / 04.08.2024