O‘zbekiston | 10:40 / 21.10.2020
9233
2 daqiqa o‘qiladi

Boriy Alixonov va Narimon Umarov senator bo‘ldi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 oktabr kuni Boriy Batirovich Alixanov va Nariman Madjitovich Umarovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda B.Alixanov va N.Umarovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari ro‘yxatidan chiqarish va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zoligiga tayinlangan B.Alixanov va N.Umarovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a'zolari etib ro‘yxatga olish masalalari ko‘rib chiqildi.

«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a'zosining maqomi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 4-moddasi hamda Saylov kodeksining 16-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 39-Qiziltepa saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Boriy Batirovich Alixanov hamda 82-Sho‘rchi saylov okrugidan saylangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati Nariman Majitovich Umarovning bergan yozma arizasiga asosan ularning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatilganligi yuzasidan qaror qabul qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolarini tayinlash to‘g‘risida»gi 2020 yil 20 oktyabrdagi farmoniga asosan hamda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 16 va 75-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Boriy Batirovich Alixanov va Nariman Majitovich Umarovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari etib ro‘yxatga oldi.

Mavzuga oid