Dunyodagi eng kuchli muzyorar kema foydalanishga topshirildi
Rossiyaning yangi muzyorar kemasi “Arktika” atom flotiga foydalanishga topshirildi. Ushbu kema dunyodagi eng kuchli muzyorar kema deb e'tirof etilgan.
“Atomflot” va kemani qurgan “"Baltiyskiy zavod” kompaniyasi rahbarlari Mustafa Kashka va Aleksey Kadilov Murmansk portida kemani topshirish-qabul qilish dalolatnomasini imzolashgan. Kemani foydalanishga topshirish marosimida Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ishtirok etgan.
“Arktika” 22220 loyihasidagi muzyorar kemalar toifasiga kiradi. Bu kemalar dunyodagi eng kuchlilari hisoblanadi. Ular 3 metrgacha qalinlikdagi muzlarni yorib, kemalarga yo‘l ochadi.
“Arktika”ni qurishga shartnoma 2012 yilda imzolanib, unga 37 mlrd rubl ajratilgan. Kemaning uzunligi 173,3 metrni, eni 34 metrni, suv sig‘imdorligi 33,5 ming tonnani tashkil qiladi. Hammasi bo‘lib shunday kemadan 5 ta qurish rejalashtirilgan.
Kema sinovlar vaqtida 3 hafta davomida 4,8 ming dengiz milini bosib o‘tib, Shimoliy qutbgacha yetib borgan.
Mavzuga oid
09:00 / 24.07.2024
AQSh Arktikada Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik chuqurlashishidan xavotirda
11:00 / 01.01.2024
3 ta yomon, 3 ta yaxshi o‘zgarish – 2023 yilda iqlim o‘zgarishi nimalarni boshdan kechirdi?
16:43 / 05.12.2023
Alp tog‘laridan Laplandiyagacha – bu yerlarni qishda bir marta bo‘lsa ham borib ko‘rish shart
14:29 / 28.11.2023