Xitoyda bir oilaning 9 nafar a'zosi ovqatdan zaharlanib vafot etdi
Xitoyda bir oilaning to‘qqiz nafar a'zosi muzlatkichda saqlanayotgan tezkor tayyorlanadigan makaron mahsulotidan zaharlandi va vafot etdi. Bu haqda Daily Star nashri xabar bermoqda.
Fojia Xitoyning shimoli-sharqida joylashgan Tszisi shahrida sodir bo‘lgan. Oila suantanszi mahalliy taomini iste'mol qilgan. Dastlab, oilaning 7 nafar a'zosi o‘zini yomon his qila boshlagan, keyinroq yana ikki kishi ham og‘rib qolgan. Oilaning barcha a'zolariga zaharlanish tashxisi qo‘yilgan, ularning organizmidan Bongkrek kislotasi deb nomlangan kuchli zaharli toksin aniqlangan.
Shifokorlarning urinishlariga qaramay oila a'zolaridan hech birining hayotini saqlab qolish imkoni bo‘lmagan, ularning barchasi vafot etdi.
Oilada 3 nafar bola omon qolgan. Ular makaron ta'mi yoqmagani uchun uni yeyishdan bosh tortgan hamda zaharlanishdan qutulib qolgan.
Mavzuga oid
20:23 / 21.09.2024
Xitoyda ilk bor pandalarning «qayta dasturlashtirilgan» ildiz hujayralari olindi
21:07 / 20.09.2024
Osiyoda NATOning o‘xshashi tashkil etilishi mumkin
22:28 / 19.09.2024
AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Xitoy bilan urushga tayyorgarlik rejasini e’lon qildi
21:34 / 16.09.2024