Bu kabi choralarga qarshimiz - MB raisi oziq-ovqat mahsulotlari narxi davlat tomonidan tartibga solinishi haqida
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov dam olish kunlari O‘zbekiston bozorlarida go‘sht va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari narxi davlat tomonidan tartibga solinishi holatlari kuzatilgani bo‘yicha izoh berdi.
«Bu masalada men shuni qayd etishim kerakki, o‘zbekchasiga aytganda, mahalliy hokimiyat organlarining bu kabi harakatlariga nisbatan «Sallasini olib kelgin desa, kallasini olib keladi», degan bir tushuncha bor.
Biz bu kabi choralarga qarshimiz. Bu masalada prezident bizdan eng avvalo narxlarni ma'muriy tartibga solish hisobidan emas, taklif va talab hisobiga barqarorlashtirish kerakligini talab qiladi.
Bu borada biz o‘z fikrimizni bayon etdik. Iqtisodiy faollik va inflatsiya darajasi o‘rtasidagi muvozanatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan siyosatimiz, eng avvalo, ana shu maqsadga erishishga qaratilgan», – deya Markaziy bank raisining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
- Eslatib o‘tamiz, 16 oktabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va ichki bozorda narx-navo barqarorligini saqlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda go‘sht, tuxum, o‘simlik yog‘i va shakar narxining keskin o‘sishi aholining noroziligiga sabab bo‘layotgani ta'kidlandi. Prezident barcha oziq-ovqat mahsulotlarining zaxirasi bo‘lishi kerakligini, bu davlat siyosatiga aylanishi lozimligini ta'kidladi. Shundan so‘ng Toshkent shahrida go‘sht narxiga cheklov o‘rnatilgani ma'lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
08:14 / 20.12.2024
Toshkent shahri va viloyat markazlarida ko‘chmas mulk bozorida faollik oshdi
17:36 / 16.12.2024
Qishga saqlangan uzumlar
09:59 / 14.12.2024
Yunusobod bozorida qayta qurish ishlari boshlanadi
08:20 / 13.12.2024