Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Namangan viloyati hokimiga ikki nafar yangi o‘rinbosar va bir maslahatchi tayinlandi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berishicha, Saidahmad Sultonov Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Saidahmad Sultonov 1976 yili Namangan shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 1998 yili Namangan muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi muhandis-texnolog. 2012—2018 yillarda Namangan shahar hokimining o‘rinbosari bo‘lgan.
Saidahmad Sultonov 2018 yildan buyon Namangan viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Anvarjon Hakimov Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Anvarjon Hakimov 1967 yili Chortoq tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 1991 yili Andijon paxtachilik institutini tamomlagan. Mutaxassisligi olim-agronom.
U 2018 yildan buyon Namangan viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Shuningdek, Akbarali Asqarov Namangan viloyati hokimining madaniyat masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.
Akbarali Asqarov 1962 yili Uychi tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 1986 yili Toshkent davlat konservatoriyasini tamomlagan. Mutaxassisligi konsert ijrochisi, o‘qituvchi.
U 2018 yildan buyon O‘zbekiston davlat filarmoniyasi o‘zbek milliy mumtoz ashula ansambli badiiy rahbari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
- Eslatib o‘tamiz, 2017 yildan Namangan viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan Bahromjon Haydarov 2020 yilning 7 oktyabrida og‘ir xastalikdan vafot etdi.
- 2019 yildan Namangan viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Tohir Rapiqov esa 2020 yilning 16 oktyabrida Vazirlar Mahkamasi kotibiyat mudiri etib tayinlandi.
Mavzuga oid
07:34 / 23.12.2024
40 mln so‘mlik pirotexnika buyumlarini sotayotgan shaxslar ushlandi
19:05 / 26.11.2024
Namanganda flyuorit toshini qayta ishlash yo‘lga qo‘yilishi mumkin
16:53 / 22.11.2024
Namanganda 4 kishini Britaniyaga ishga yuborish evaziga 12 ming dollar olgan shaxs ushlandi
16:34 / 18.11.2024