«Narxlar o‘zgarishi borasidagi kutilmalar pasaymasa, biz hech narsa qila olmaymiz» – MB raisi
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov asosiy stavkaning navbatdagi pasayishini qachon kutish mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
«Barchasi inflatsiya sur'atlari pasayishiga bog‘liq. Hozir biz prognozlarimizning pastki chegarasiga chiqdik. Asosiy maqsadimiz – Markaziy bank asosiy stavkasi bilan inflatsiya darajasi o‘rtasidagi farq kamida 2-3 foiz darajasida bo‘lishi.
Bundan kelib chiqib, shunday xulosa qilish mumkinki, bu masalaga inflatsiya Markaziy bank prognozlari pastki chegarasidan pasaygach qaytamiz.
Narxlar o‘zgarishi borasidagi kutilmalar pasaymasa, biz hech narsa qila olmaymiz. Hatto inflatsiya darajasining qisqa muddatli pasayishida ham aholida inflatsiyaning yuqori darajasi borasidagi kutilmalar saqlanib qolar ekan, oddiy qilib aytganda, xalq narxlar yana oshishini kutsa, harakatlarimiz natijasiz bo‘ladi.
Biz uchun asosiy belgi – inflatsiya darajasi va aholi inflyatsion kutilmalarining real pasayishi», deya Markaziy bank raisi so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Avvalroq, Markaziy bank sentabr oyida yillik inflatsiya darajasi 11,7 foizni tashkil qilgani haqida ma'lumot bergan edi.
Markaziy bank raisi iqtisodiyotdagi xatarlar va noaniqliklar haqida gapirib, iqtisodiyotda inflatsiyani oshiruvchi xatarlar yuzaga kelish ehtimoli past darajada baholanayotganini aytgandi.
Bundan tashqari, Mamarizo Nurmuratov yuqori inflatsiya ko‘rsatkichi koronainqiroz davrida O‘zbekistonga yordam bera olishi haqidagi qarash xato ekanini bildirib, masala yuzasidan munosabatini bildirgandi.
Mavzuga oid
19:05 / 25.12.2024
Apple Pay va Google Pay O‘zbekistonga kirishni nega rad etayotgani ma’lum bo‘ldi
11:21 / 25.12.2024
Markaziy bank Islomiy moliyaviy xizmatlar kengashiga a’zo bo‘ldi
19:16 / 12.12.2024
“Eski namunadagi 100 dollarlik kupyuralarni ayirboshlashda cheklovlar yo‘q” – Markaziy bank
13:16 / 12.12.2024