O‘zbekistonda 2020 yilda yetishtirilgan paxta xomashyosining minimal narxlari belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 6 martdagi PQ–4633-son «Paxtachilik sohasida bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga jahon bozori narxlari tahlilidan kelib chiqib, paxta xomashyosining minimal narxlarini e'lon qilib borish vazifasi yuklatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 5 maydagi PF-5989-son «To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, mahalliy ishlab chiqarilgan bazaviy sifatdagi paxta tolasining boshlang‘ich narxi Nyu-York tovar birjasining eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi qiymatidan kelib chiqqan holda belgilanishi qayd etilgan.
Joriy yilning 23 oktabr holatiga Nyu-York tovar birjasi yanvar-oktabr oylarida 1 tonna paxta tolasining (Strict Low Middling) o‘rtacha fyuchers kotirovkalari AQShning (Galveston, Xyuston, (Texas shtati), Memfis (Tennesi shtati), Yangi Orlean (Luiziana shtati)) portlariga yetkazib berish sharti bilan 1375,7 AQSh dollarini tashkil etdi.
Jahon bozorida shakllangan narxlar, paxta-to‘qimachilik klasterlari, kooperatsiyalar va fermer xo‘jaliklarining, yuqorida qayd etilgan qarorga muvofiq mas'ul etib belgilangan vazirlik va idoralarning takliflarini, shuningdek, paxta xomashyosini qayta ishlash, logistika va boshqa taalluqli xarajatlarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonda yetishtirilgan to‘rtinchi tip ikkinchi nav birinchi sinf 1 tonna paxta xomashyosining minimal narxi qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan birga 4522,5 ming so‘mni tashkil etganini e'lon qiladi.
Ushbu minimal narxdan kelib chiqqan holda, paxta xomashyosini yetishtiruvchi va uni qabul qiluvchi sub'yektlar shartnomaviy munosabatlar doirasida boshqa yuqori yoki past navli va sinfli paxta xomashyosining narxlarini o‘zaro manfaatli kelishuv asosida mustaqil ravishda belgilashadi.
Mavzuga oid
09:33 / 26.11.2024
Paxta mahsulotini sotishda manipulyatsiyaga yo‘l qo‘ygan korxonaga chora ko‘rildi
18:02 / 10.10.2024
Shahrisabzda aholini paxta terishga majburlagan mahalla raisi salkam 19 mln so‘m jarimaga tortildi
19:45 / 09.10.2024
O‘qituvchilarning paxta terimiga jalb etilishi noqonuniy - MMTV
15:43 / 28.09.2024