JSST rahbari pandemiyaning keyingi bir necha oyi juda og‘ir kechishini aytdi
Keyingi bir necha oy koronavirus pandemiyasi borasida juda og‘ir kechadi. JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesusning aytishicha, dunyo pandemiyaning “eng muhim kesishmasida” turibdi.
“Biz koronavirus pandemiyasining eng muhim kesishmasida turibmiz, ayniqsa Shimoliy yarimsharda. Keyingi bir necha oy og‘ir keladi va ba'zi davlatlar xavfli yo‘nalishda turibdi”, deb ogohlantirgan JSST rahbari.
Gebreyyesusning ta'kidlashicha, juda ko‘p davlatlar koronavirusga chalinish holatlari keskin ko‘payishiga to‘qnash keldi. Bu esa endigina oktabr bo‘lishiga qaramay, shifoxonalarning barcha imkoniyatlari tugashi yoki shunga yaqin vaziyatga olib keladi. Shu sababli JSST rahbari davlatlar yetakchilari o‘lim holatlari, sog‘liqni saqlash tizimining kollapsi va maktablar yopilishi oldini olishga qaratilgan qadamlarni hayallamay amalga oshirishga chaqirdi.
JSST rahbarining aytishicha, bu maqsadda bir qator choralar qabul qilish, jumladan o‘z davlatidagi “vaziyatni ro‘yirost tahlil qilish” va kasallanish holatlari ko‘payayotgan joylarda virusga qarshi kurash choralarini mos holda tezda o‘zgartirishi kerak. Bundan tashqari, jamoatchilikka real vaziyat haqida “rost va aniq” ma'lumot berish hamda biznes va aholiga qiyinchiliklarni yengib o‘tishda ko‘mak berish lozim.
Gebreyyesus, shuningdek, bir qator davlatlar tibbiyot muassasalarida kislorod tanqisligi kuzatilayotganiga e'tibor qaratgan. “Baholashlarga ko‘ra, eng nochor davlatlardan ba'zilarida bemorlarni davolash uchun zarur bo‘lgan kisloroddan bor-yo‘g‘i 5-20 foizigina bor”, deb ta'kidlab o‘tgan JSST rahbari.
So‘nggi sutkada dunyoda pandemiya boshidan beri rekord sonda kasallanganlar qayd etildi – 445 ming 419 nafar. Avvalgi antirekord bir kun avval, 22 oktyabrda qayd etilgandi.
Mavzuga oid
19:15 / 15.11.2024
JSST: 2018 yildan beri dunyoda tibbiyot muassasalariga 7,4 mingdan ortiq hujum uyushtirildi
18:19 / 13.11.2024
JSST maktab o‘quvchilariga yuklama ortib borayotganidan xavotirda
18:52 / 08.11.2024
Har yili dunyoda 1 milliarddan ortiq bola zo‘ravonlikka duchor bo‘lmoqda - JSST
17:48 / 01.11.2024