Samsung’ning marhum raisi merosxo‘rlari rekord qiymatdagi meros solig‘i to‘laydi
25 oktyabrda 78 yoshida hayotdan ko‘z yumgan Samsung kompaniyasining raisi Li Gon Xining merosxo‘rlari Janubiy Koreya uchun rekord qiymatda meros solig‘i to‘laydi. Soliq qiymati aksiyalarning o‘zi uchun 9 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Yonhap axborot agentligining xabar berishicha, Li Gon Xining fond aktivlari 18 trln vonga (15,9 mlrd dollar) yaqinni tashkil qiladi. Bu summadan 10 trln von (9 mlrd dollar) soliq sifatida to‘lanadi. Mamlakat qonunlariga ko‘ra, merosxo‘rlar ushbu summani bir yildan 5 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lashlari mumkin.
Marhum rais ortida uning rafiqasi va uch farzandi qoldi. Marhumning katta qizi Li Bu Chjin Samsung Hotel Shilla mehmonxonalar tarmog‘iga rahbarlik qiladi, kichik qizi Li So Xen esa Samsung xayriya jamg‘armasiga mas'ul hisoblanadi. Li Gon Xining o‘g‘li Li Chje Yonga esa 2014 yilda Samsung boshqaruvi o‘tgan.
Li Gon Xi Seuldagi shifoxonada uzoq davom etgan kasallik oqibatida vafot etdi. Ma'lum qilinishicha, u 2014 yilda o‘tkazgan infarktdan keyin og‘ir kasal bo‘lib qolgan.
Forbes ma'lumotlariga ko‘ra, Li Gon Xining boyligi 20,9 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
22:24 / 19.09.2024
Samsung’ning Hindistondagi zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
21:48 / 18.09.2024
Xiaomi smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha Apple kompaniyasini ortda qoldirdi
19:00 / 29.08.2024
AI televizorlar haqida tasavvurni o‘zgartirib yuboruvchi innovatsiyalarda muhim burilish
11:00 / 07.07.2024