Japarov prezident saylovida qatnashish uchun vakolatlaridan voz kechmoqchi
Qirg‘iziston qonunlariga muvofiq, prezident vazifasini bajaruvchi yoki bosh vazir prezidentlikka nomzodini qo‘ya olmaydi.
Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi, mamlakat bosh vaziri Sadir Japarov 10 yanvarda bo‘lib o‘tadigan muddatidan avvalgi prezident saylovida ishtirok etish uchun vakolatlaridan voz kechmoqchi ekanligini ma'lum qildi.
«Dekabrda vakolatlarimdan voz kechaman va boshqalar bilan birga saylovda qatnashaman», – dedi Japarov.
Japarovning so‘zlariga ko‘ra, u prezident saylovida qatnashish uchun vakolatlaridan voz kechishga tayyor. Qirg‘iziston qonunlariga muvofiq, prezident vazifasini bajaruvchi yoki bosh vazir prezidentlikka nomzodini qo‘ya olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Sooronbay Jeenbekov 15 oktabr kuni Qirg‘iziston prezidentligidan iste'foga chiqdi.
Prezidentning iste'fosidan keyin, Konstitutsiyaga ko‘ra, davlat rahbarining barcha majburiyatlari parlament spikeri Kanat Isayevga o‘tishi kerak edi. U bu vakolatdan voz kechgach, prezidentlik vakolatlari Sadir Japarovga o‘tdi.
Mavzuga oid
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024
Qirg‘izistonlik ayollar 10 nafargacha farzand ko‘rishga chaqirildi
19:40 / 05.11.2024
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi 3 ta chegara bojxona postlarida transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi
18:09 / 05.11.2024