Aliyev Tog‘li Qorabog‘da 10dan ortiq qishloq nazorat ostiga o‘tganini ma'lum qildi
Ozarboyjon qurolli kuchlari Zangilon, Fuzuliy, Jabroil va Qubadli rayonlaridagi 13ta qishloqni nazoratga olgan.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev mamlakat qurolli kuchlari Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi to‘rtta rayonda 10dan ortiq qishloqni nazorat ostiga olganligini ma'lum qildi.
Azertaj agentligining xabar berishicha, Ozarboyjon qurolli kuchlari Zangilon, Fuzuliy, Jabroil va Qubadli rayonlaridagi 13ta qishloqni nazoratga olgan.
Tog‘li Qorabog‘da bir oydan beri Armaniston va Ozarboyjon qurolli kuchlari o‘rtasida janglar davom etmoqda.
26 oktabr kuni Armaniston va Ozarboyjon tashqi ishlar vazirlari Zoxrab Mnatsakanyan va Jayxun Bayramov Tog‘li Qorabog‘da gumanitar yarashuv haqida kelishib olgandi.
Kelishuvga Mnatsakanyan va Bayramovning AQSh davlat kotibi birinchi o‘rinbosari Stiven Bigen bilan uchrashuvida erishilgandi.
Mavzuga oid
22:20 / 08.11.2024
Qorabog‘ safari: Jafokash Fuzuliy va yangilanayotgan Zangilon
15:58 / 01.11.2024
Ozarboyjonga safar: Kavkaz Hirosimasiga aylangan Ag‘dam
18:47 / 29.10.2024
Xalqaro yirik iqlim sammiti Ozarboyjonda o‘tadi: COP29’dan nimalar kutilyapti?
11:20 / 23.10.2024