Apple o‘z qidiruv tizimini yaratish ustida ishlayotgani ma'lum bo‘ldi
Apple iOS 14 operatsion tizimi internetda Google yordamisiz ma'lumot qidirish imkonini beradi.
Apple AQShda Google kompaniyasiga qarshi antimonopoliya ishi qo‘zg‘atilganligi bois o‘z qidiruv servisini yaratish ustidagi ishlarni kuchaytirdi, deb yozmoqda Financial Times.
O‘tgan haftada AQSh adliya vazirligi Google kompaniyasiga qarshi da'vo ochgandi. Unda kompaniyaning raqobat qonunini buzgan holda Apple qurilmalariga o‘z qidiruv tizimini o‘rnatish bo‘yicha kelishuvi qoralangan.
Apple iOS 14 operatsion tizimi internetda Google yordamisiz ma'lumot qidirish imkonini beradi. Apple odatda o‘z rejalarini sir tutadi, ammo ushbu yangi funksiya kompaniya o‘z qidiruv tizimi ustida ishlayotganini anglatadi, deb yozadi FT.
Apple 2018 yilda ilgari Google’da qidiruv yo‘nalishida rahbarlik qilgan Jon Jannandreani ishga olgandi. Jannandrea hozirda sun'iy ong texnologiyalarini rivojlantirish bilan shug‘ullanmoqda.
O‘z qidiruv tizimini yaratishi uchun bir necha yil kerak bo‘ladi, ammo Apple bu yil 55 mlrd dollardan ortiq daromad olishi hisobga olinsa, kompaniya uzoq muddatli investitsiyalarga qo‘l urishi mumkin, deya qayd etadi FT.
Mavzuga oid
12:14 / 26.09.2024
iPhone 16'dagi o‘zgarishlar va “pont” uchun 3 karra to‘lov - Apple kutilmalarni oqlayaptimi?
22:57 / 24.09.2024
Apple App Store do‘konidan 100 ga yaqin VPN-ilovani o‘chirib tashladi
21:48 / 18.09.2024
Xiaomi smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha Apple kompaniyasini ortda qoldirdi
21:44 / 17.09.2024