Demokratlar Vakillar palatasidagi ustunlikni saqlab qoldi. Ular Senatni ham qo‘lga olishga intilmoqda
Qo‘shma Shtatlarda respublikachilar va demokratlar o‘rtasida nafaqat Oq uy, balki Kongress uchun ham kurash kechmoqda.
Katta ehtimol bilan aytish mumkinki, seshanba kungi saylovlarda Demokratik partiya Vakillar palatasidagi nazoratni saqlab qoldi. Palata spikeri, demokrat Nensi Pelosi natijani «juda ta'sirli» deb ta'riflab, dastlabki natijalardan «faxrlanishini» ta'kidladi.
Quyi palata jami 435 a'zodan iborat bo‘lib, nomzodlar ikki yil muddatga saylanadi. Amaldagi chaqiriqda demokratlar 232, respublikachilar 197 o‘ringa ega. Hozirgacha ma'lum bo‘lgan natijalarga ko‘ra, saylovda demokratlardan 193, respublikachilardan esa 185 vakil palata a'zoligini qo‘lga kiritgan – ko‘pchilik o‘rinni egallash uchun 218ta o‘rinni band etish talab etiladi.
100 nafar senatordan iborat, ayni paytda respublikachilar nazoratidagi Senatga saylov natijalarini taxmin qilish mushkul.
Bu yil yuqori palatadagi 35ta o‘rin uchun saylov bo‘lib o‘tmoqda. Amaldagi Senatda respublikachilar 53, demokratlar 45 o‘ringa ega, ikki mustaqil a'zo ham qonun chiqarishda demokratlar bilan hamkorlik qiladi.
Jo Baydenning partiyadoshlari Senatni ham o‘z nazoratiga olish uchun 35ta o‘rin uchun kechayotgan kurashda raqiblariga qaraganda to‘rttaga ko‘proq o‘rin bilan g‘alaba qozonishi kerak. Demokratlar hozircha nomzodlar Senatga saylangan 33 shtatdan 12tasida yetakchilik qilmoqda. Ulardan biri, Arizona shtatidagi respublikachi senatorlardan biri o‘z kursisini demokratlar nomzodiga qoldirganga o‘xshamoqda.
Ayni paytga kelib, hali natijalar ma'lum bo‘lib ulgurmagan shtatlarni hisobga olmaganda, Senatda ikkala partiyaning kuchlari teng kelmoqda – 47–47. Palata nazorati uchun esa kamida 51ta o‘rinni egallash talab etiladi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh senatorlari 6 yilga saylanadi. Har ikki yilda Senatdagi o‘rinlarning uchdan bir qismi uchun saylovlar bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024