Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi maktablarni jihozlashda davlat korxonasi monopoliyasiga qarshi chiqdi
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Vazirlar Mahkamasining “2021-2025 yillarda umumta'lim maktablarini mebel, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, sport anjomlari va o‘qitishning texnik vositalari bilan jihozlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini ko‘rib chiqib, o‘z taklif va e'tirozlarini yubordi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, ko‘p yillar davomida mamlakatda ayrim xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga eksklyuziv huquqlar berish orqali sun'iy monopoliya yaratilganligi iqtisodiyotda sog‘lom raqobat muhiti shakllanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatib kelmoqda. Bu sharoitda mazkur tizim orqali budjet mablag‘lari asossiz sarflanishiga yo‘l qo‘yilmoqda.
Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tayyorlangan qaror loyihasining 4-bandi uchinchi xatboshisida umumta'lim maktablariga mebel va maxsus o‘rnatish talab etilmaydigan jihozlarni yetkazib berish va o‘rnatish ishlari hamda jihozlarni ta'mirlash ishlari “O‘quv ta'lim-ta'minot” davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatilgan.
“Vaholanki, mazkur vazifalar davlat xaridlarida g‘olib bo‘lgan ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchilar (ish bajaruvchi) tomonidan bajarilishi lozim. Bu mantiqiy va moliyaviy tomonlama maqsadga muvofiq hisoblanadi, chunki tovarlarni joylarga yetkazib berishda va o‘rnatishda ularni sifatiga va texnik talablarga muvofiqligiga tenderda g‘olib bo‘lgan korxona javob beradi. Shuning uchun, umumta'lim maktablarini mebel, o‘quv-laboratoriya asbob-uskunalari, sport anjomlari va o‘qitishning texnik vositalarini xarid qilishdagi shartlarda tovarni “O‘quv ta'lim-ta'minot” DUK bazasiga emas, balki bevosita maktablarga yetkazib berilishini belgilash lozim.
Bunda, “O‘quv ta'lim-ta'minot” DUKning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga davlat budjeti hisobidan (13 mlrd. so‘m) ortiqcha mablag‘lar ajratilishi hamda alohida yana ushbu DUK tomonidan tovarlarni joylarga yetkazib berish va o‘rnatish uchun mablag‘lar ajratish talab etilmaydi va o‘z navbatida budjet mablag‘lari tejaladi”, - deyiladi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi ma'lumotida.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, qaror loyihasining 4-bandi uchinchi xatboshisini hamda 6-bandi birinchi va uchinchi xatboshilarini chiqarib tashlash lozimligi aytiladi.
Mavzuga oid
16:44
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
16:00
Xavotir bilan boshlangan xayrli ish – Farg‘onadagi maktab olma bog‘idan yaxshigina daromad olyapti
15:42 / 28.10.2024
O‘zbekistonda maktablarda kuzgi ta’til 4 noyabrdan boshlanadi
19:45 / 09.10.2024