O‘zbekiston | 12:08 / 04.11.2020
7804
1 daqiqa o‘qiladi

Qalbaki 20 ming AQSh dollari musodara qilindi 

DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent viloyatining Bekobod shahridan Sirdaryo viloyati tomon harakatlanib kelayotgan “Neksiya” rusumli avtomashina Shirin shahriga kirishdagi YPX maskanida to‘xtatilib, tekshirilgan. Unda avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro Q.X. va T.Sh.larga tegishli bo‘lgan qalbaki 20 ming AQSh dollari mazkur avtomashina salonining tom qismiga yashirib qo‘yilganligi aniqlangan.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, ushbu fuqarolar oldindan o‘zaro til biriktirib, Qirg‘izistonda yashovchi tanishlari orqali 8 ming AQSh dollariga sotib olgan qalbaki 200 dona 100 AQSh dollari kupyurasini Tojikistondagi tanishlariga 10 ming AQSh dollariga sotishni rejalashtirishgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid