O‘zbekiston | 16:03 / 05.11.2020
4773
1 daqiqa o‘qiladi

9 oy davomida «O‘ztransgaz» tasarrufidagi magistral gaz quvurlarida 3ta avariya sodir bo‘lgan 

Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi va tegishli tashkilot vakillari bilan birga “Tabiiy gaz quvurlari tizimining holati va ushbu sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi yuzasidan” olib borilgan o‘rganishlar natijasida respublika hududidagi magistral gaz quvurlari himoya zonasida jami 2 425ta noqonuniy qurilmalar mavjudligi aniqlangan. 

Qo‘mita xodimlari tomonidan “O‘ztransgaz” AJ foydalanishida bo‘lgan xavfli ishlab chiqarish obektlarida jami 31 marotaba nazorat profilaktika ishlari amalga oshirildi. Aniqlangan 426ta kamchiliklardan 403tasi bartaraf etildi, qolganlarining ijrosi nazoratga olindi.   

Joriy yilning 9 oyi davomida “O‘ztransgaz” AJ tasarrufidagi magistral gaz quvurlarida 3ta avariya sodir bo‘lgan. Avariyalarni bartaraf etish va magistral gaz quvurlarni ta'mirlash uchun jami 2 mlrd. so‘mdan ortiq mablag‘lar sarf qilingan. 

Magistral gaz quvurlarining loyihalarida ko‘zda tutilgan 2 340ta elektr-kimyoviy himoya stansiyalaridan 1 478tasi ishchi holatda, 952tasi belgilangan talablarga javob bermaganligi, ta'mirlash ishlari bajarilmagani va zarur ehtiyot qismlar bilan ta'minlanmaganligi sababli ishsiz holatda, deyiladi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi ma'lumotida. 

Mavzuga oid