Bosh prokuror soliq va qurilish sohasidagi korrupsion jinoyatlar haqida ma'lumot berdi
7 noyabr kuni O‘zbekiston bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev raisligida korrupsiya holatlari kuzatilayotgan sohalar hamda vazirlik va idoralarda buning sabab va shart-sharoitlariga bag‘ishlangan idoralararo yig‘ilishi boshlandi.
Yig‘ilishda nutq qilgan bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevga ko‘ra, ikki yilda mansab vakolatlarini suiiste'mol qilganligi uchun 31 nafar soliq xodimlari ham jinoiy javobgarlikka tortilgan. Masalan, Dang‘ara tumani davlat soliq inspeksiyasi rahbari T. pul mablag‘larini naqdlashtirish bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh tuzgan. Uyushgan guruh boshqa fuqarolar nomiga 22ta soxta firmalarni ochib, ularga norasmiy rahbarlik qilib kelgan.
«Ushbu firmalarda 268 milliard so‘mlik noqonuniy pul aylanmalari amalga oshirilib, 19 milliard so‘m soliq to‘lovidan qochishga erishilgan, shuningdek jinoiy yo‘l bilan topilgan 200 million so‘m legallashtirilgan. Hozirda T. va uning 14 nafar jinoiy sheriklari sudda javob bermoqda», — dedi bosh prokuror.
Ta'kidlanishicha, qurilish sohasi korrupsiyalashgan sohalardan biri bo‘lib qolayotganligi oqibatida so‘nggi ikki yilda 1 ming 233 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan. Qurilish uchun yer ajratish, tanlov va tender o‘tkazish, shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirish, muhandislik - kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish jarayonlarida korrupsiya ko‘plab kuzatilmoqda.
«Misol uchun, Navbahor tuman hokimining birinchi o‘rinbosari
X. «Konimex baliqchi» jamiyati rahbari A.dan baliqchilik havzasiga kollektor qazilishiga ruxsat berishi evaziga 11 ming dollar olganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan», — deya qo‘shimcha qildi Yo‘ldoshev.
Nig‘matilla Yo‘ldoshevning bildirishicha, budjetdan moliyalashtiriladigan qurilish ishlari uchun pudratchilarni tanish - bilishchilik yoki pora evaziga tanlab olish kabi korrupsiyaviy amaliyot kuzatilmoqda.
«Suvoqova» korxonasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi mutaxassisi N. «Diyorbek Uchqun» korxonasi rahbari B.ga tanishlari orqali qurilish obekti olib berish evaziga 14 ming dollar berishni talab qilib, 9 ming dollar olganda qo‘lga olingan», — dedi u.
Qurilish tizimida ham suiiste'molchiliklar kuzatilayotganligi alohida ta'kidlandi. Misol uchun, Toshkent shahar hokimligining kapital qurilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A. va Chilonzor tuman hokimiyati bo‘limi boshlig‘i Sh. «Max Saodat» jamiyatiga ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun Chilonzor tumanidan 1 gektar yer ajratish evaziga 1 mln. 400 ming dollar talab qilib, 50 ming dollarni olgan vaqtda ushlangan.
Bosh prokuror: 2 yilda korrupsiyaviy jinoyatlar oqibatida yetkazilgan zarar 2 trillion so‘mdan oshdi
Bosh prokurorning tanqidiy ruhda tayyorlagan nutqi davom etmoqda.
Mavzuga oid
17:38 / 23.12.2024
O‘zbekiston jinoiy daromadlarni legallashtirish reytingida 81-o‘rinni egalladi
12:20 / 19.12.2024
Fransiya kassatsiya sudi Sarkoziga hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi
17:16 / 17.12.2024
Qirg‘iziston bosh vaziri korrupsiya tufayli iste’foga chiqarilgan bo‘lishi mumkin
15:17 / 17.12.2024