Tramp o‘z mag‘lubiyatini tan olishi sharti ma'lum qilindi
AQSh prezidenti Donald Tramp prezident saylovlaridagi ovoz berish bilan bog‘liq sud taftishlari kutilayotgan natijani bermasa, saylovlardagi mag‘lubiyatini tan olishga rozi bo‘ladi. Bu haqda Fox News telekanali manbalarga tayanib xabar berdi.
Hozirda hisob-kitoblar Bayden g‘alaba qozonganini ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, Tramp saylovlarda yetakchilik qilayotganini ta'kidlamoqda.
Telekanalning xabar berishicha, Tramp sud taftishlari yakunlariga ko‘ra g‘alaba qozonishiga imkoniyat yo‘qligi ayon bo‘lsa, prezident kursisini raqibiga bo‘shatib berishga tayyor. The New York Times nashrining amaldagi prezident yordamchilariga tayanib xabar berishicha, prezident o‘z raqibi Jo Baydenning g‘alabasini yaqin orada tan olmoqchi emas.
AQShning bir qator yetakchi OAV prognozlariga ko‘ra, Bayden g‘alaba uchun zarur bo‘lgan ovozlarni to‘plab bo‘ldi. Biroq Tramp g‘alaba qozonganini va saylovlarda “yomon ishlar” yuz bergani, jumladan ovozlar hisoblangan ba'zi joylarga kuzatuvchilar kiritilmaganini ta'kidlamoqda.
Xususan, Tramp saylovoldi shtabi va Respublikachilar partiyasi milliy qo‘mitasi Arizona shtatidagi Marikopa okrugi sudiga saylovlar yuzasidan shikoyat arizasi topshirgan. Tramp kampaniyasining bosh maslahatchisi Mett Morganning ta'kidlashicha, okrugda saylovchilar ovozlari noto‘g‘ri hisoblangan.
Avvalroq Trampning shaxsiy advokati Rudi Juliani prezident jamoasi Baydenning Pensilvaniyadagi g‘alabasi bo‘yicha bahslashmoqchiligini ma'lum qilgandi. “Bizni ushbu byulletenlar haqiqiyligini tekshirish huquqidan mahrum etishdi”, deb aytgan Juliani.
Bu orada ko‘plab jahon yetakchilari, jumladan Yevropa davlatlari rahbarlari, Ukraina, Misr va Argentina prezidentlari Baydenga g‘alaba qozongani munosabati bilan tabriknomalar yo‘llashgan.
Mavzuga oid
15:52 / 19.08.2023
Odam tanlamaydigan “huquqiy mashina”. Tramp nega ta’qib qilinmoqda?
15:51 / 14.04.2022
Bayden ortidan Tramp ham Ukrainada tinch aholi o‘ldirilishini genotsid deb atadi
19:04 / 17.03.2022
Tramp Rossiyaning Ukrainaga kirganidan hayron bo‘lganini aytdi
21:10 / 09.02.2022