O‘zbekiston | 14:29 / 10.11.2020
5231
1 daqiqa o‘qiladi

11 noyabrni kasaba uyushmalari xodimlari kuni sifatida nishonlash to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida deputatlar 11 noyabrni «O‘zbekistonda kasaba uyushmalari xodimlari kuni sifatida nishonlash to‘g‘risida»gi qonun loyihasini qabul qilishdi. 

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, deputatlar tomonidan «O‘zbekiston kasaba uyushmalari kunini belgilash to‘g‘risida»gi qonun loyihasi birdaniga uch o‘qishda qabul qilingan. Mazkur qonun bilan 11 noyabr O‘zbekistonda kasaba uyushmalari kuni sifatida belgilanmoqda.

Endi qonun Senatning navbatdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, tasdiqlash uchun prezidentga yuboriladi.

Ma'lumot uchun, bu kabi bayramlar Avstriya, AQSh, Gretsiya, Indoneziya, Kanada, Latviya, Singapur, Fransiya, Xitoy, Shveytsariya kabi davlatlarda, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi MDH davlatlarida nishonlanib kelinmoqda.

Mavzuga oid