Jahon | 21:12 / 12.11.2020
5143
2 daqiqa o‘qiladi

Daniya koronavirus sababli barcha qorako‘zanlarni qirib tashlash fikridan qaytdi

Avvalroq Daniya hukumati odamlar orasida koronavirusning qorako‘zan (norka)larda mutatsiyaga uchragan shakli bilan kasallanish holatlari aniqlangandan keyin mamlakatda yetishtiriluvchi barcha norkalarni yo‘q qilishni buyurgandi.

Foto: Ritzau Scanpix/Mads Claus Rasmussen / Reuters

Daniya hukumati qorako‘zalarda koronavirusning mutatsiyaga uchragan shakli odamlarga yuqishi xavfi borligidan ularning barchasini yo‘q qilish fikridan qaytdi. Bu haqda gender tenglik, oziq-ovqat va baliqchilik ishlari vaziri Mogen Yensen ma'lum qildi.

«Jonivorlarni imkon boricha saqlab qolish uchun qo‘limizdan kelganini qilamiz», — dedi vazir. Uning ta'kidlashicha, barcha norkalarni qirib tashlash to‘g‘risidagi qaror qayta ko‘rib chiqilgan.

Yensen 10 noyabr kuni bu qaror hech qanday yuridik asosga ega emasligini aytgandi.

Avvalroq Daniya hukumati odamlar orasida koronavirusning qorako‘zanlarda mutatsiyaga uchragan  shakli bilan kasallanish holatlari aniqlangandan keyin mamlakatda yetishtiriluvchi barcha qorako‘zanlarni yo‘q qilishni buyurgandi.

7 noyabrda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Shvetsiya va AQShdagi qorako‘zan yetishtiruvchi fermalarda koronavirus bilan bog‘liq holatlar qayd etilgani to‘g‘risida xabar berdi.

Mavzuga oid