Endi ish haqi va ish stajini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma'lumotnomasini onlayn olish mumkin
Endilikda ish haqi va ish stajini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma'lumotnomasini olish yanada qulay va ortiqcha ovoragarchiliksiz amalga oshiriladi, deb xabar bermoqda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.
«Agar siz oldinlari uzundan-uzun navbatda turishlar evaziga arxiv ma'lumotnomasini olish uchun ariza qoldirib, kamiga turli tashkilotlar orasida sarson yurgan bo‘lsangiz, endi uyingizdan chiqmasdan turib sanoqli daqiqalar ichida buni amalga oshirishingiz mumkin», - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, buning uchun dastlab Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tish, «Ma'lumotnomalar» bo‘limidan «Ish haqi va ish stajini tasdiqlash to‘g‘risidagi arxiv ma'lumotnomasini olish» xizmatini topish va mehnat faoliyatini yuritgan davr haqidagi ma'lumotlar asosida so‘rovnomani to‘ldirib, yuborish tugmasini bosish kerak.
Mazkur davlat xizmatidan foydalanish bepul, shuningdek, ERI ham talab etilmaydi.
So‘rovnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab ish stajini tasdiqlashga oid ma'lumotnomalar uchun — 5 ish kuni, ish haqini tasdiqlashga oid ma'lumotnomalar uchun — 20 ish kunidan oshmagan muddatda tegishli QR-kodli ma'lumotnoma shakllantiriladi hamda YaIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.
Mavzuga oid
15:41 / 24.11.2023
Jismoniy va yuridik shaxslarga ma’lumotnomalar berish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi
10:52 / 04.10.2022
Ruhiy kasallik bo‘yicha dispanser hisobi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani olish tartibi tushuntirildi
09:53 / 23.09.2022
Doimiy yashash joyi bo‘yicha ma’lumotnomani olish tartibi aytildi
09:52 / 03.09.2022