Jahon | 00:19 / 21.11.2020
4025
1 daqiqa o‘qiladi

Jahon banki koronavirusga qarshi vaksina va dorilarga 12 milliard dollar ajratdi

Jahon banki koronavirusga qarshi vaksina, test hamda dori-darmon sotib olish va 112ta davlat aholisi o‘rtasida taqsimlash uchun 12 mlrd dollar ajratdi va yana 4 mlrd dollar ajratmoqchi. Bu haqda bankning prezidenti Devid Melpas “Katta yigirmatalik”ka kiruvchi davlatlar moliya vazirlari va markaziy banklari rahbarlari bilan uchrashuvda ma'lum qildi.   

Foto: AP Photos/Susan Walsh

Ajratilgan mablag‘ Jahon banki 2021 yil 30 iyungacha pandemiya oqibatlariga qarshi kurashga yo‘naltirishni rejalashtirgan 160 mlrd dollarlik paketning bir qismi hisoblanadi.

“Bizda 112ta davlatda sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatga javob berish dasturi bor va biz vaksinalar sotib olish hamda ularni yetkazish uchun yana 12 mlrd dollar ajratishga imkon beruvchi tezkor mexanizmdan foydalanmoqdamiz”, deb aytgan Melpas. 

Uning ta'kidlashicha, moliyaviy yordam xalqaro tekshiruvdan o‘tgan va AQSh, Yaponiya yoki Yevropa ittifoqida tasdiqlangan vaksinani sotib olish uchun davlatlarga grant yoki kreditlar taqdim qilishni o‘z ichiga oladi.

Mavzuga oid