Jahon | 20:09 / 26.11.2020
3849
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda qalbaki Starbucks qahvasini sotgan kompaniyaga 3,2 mln dollar jarima solinishi mumkin

Surishtiruv davomida qalbaki mahsulotlar mamlakatning 18 provinsiyasidagi 50dan ortiq savdo kompaniyalariga sotilgani ma'lum bo‘ldi.

Foto: Getty Images

Xitoyning Tszyansu provinsiyasi iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Starbucks qalbaki qahva mahsulotlarini sotgan kompaniyani sudga berdi.

Qo‘mita ushbu kompaniyadan 21 mln yuan (3,2 mln dollar) to‘lashni talab qilmoqda, deb xabar beradi "Sinxua" agentligi.  

 2018 yilda Usi shahridagi bozorlarni tartibga solish boshqarmasi Shuangshan Food kompaniyasi soxta bojxona deklaratsiyalari va mahsulot belgisidan foydalanish litsenziyasi asosida go‘yoki AQShning Starbucks kompaniyasida ishlab chiqarilgan qahva mahsulotlarini sotganligini aniqlagandi.

 Surishtiruv davomida Shuangshan Food qalbaki mahsulotlarni mamlakatning 18 provinsiyasidagi 50dan ortiq savdo kompaniyalariga sotib, 7 mln yuandan ortiq foyda olganligi ma'lum bo‘ldi.

 2019 yil dekabrda ushbu ish bo‘yicha ayblangan besh kishi besh yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, ular va Shuangshan Food kompaniyasi jami 10,48 mln yuan jarimaga tortilgan.

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi arizasiga ko‘ra bo‘lib o‘tadigan sud yakuni bo‘yicha solinadigan jarima qo‘shimcha jazo bo‘ladi, deya qayd etmoqda CGTN telekanali.

Mavzuga oid