O‘zbekiston | 08:28 / 27.11.2020
6571
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda sovuq qurol olib yurish uchun javobgarlik belgilangan kundan boshlab nechta bayonnoma rasmiylashtirilgani aytildi

Joriy yilning 5 noyabr kuni prezident “Jamoat xavfsizligini ta'minlashga doir qonun hujjatlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Qonunga ko‘ra, Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga 185-2- va 185-3-moddalari kiritildi. Mazkur moddalar bilan sovuq qurol yoki sovuq qurol sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan buyumlarni olib yurish va ularning O‘zbekiston hududidagi savdosi uchun ma'muriy javobgarlik belgilandi.
 
Jamoat joylarida sovuq qurol olib yurish uchun javobgarlik joriy qilish to‘g‘risidagi qonun imzolangan kundan boshlab Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan 122ta pichoq olib yurish bilan bog‘liq faktlar qayd etildi, shulardan 63 tasi bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Qayd etilishicha, holatlardan 47tasi bo‘yicha 185-2-modda (Sovuq qurolni yoki sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni olib yurish), 16ta bayonnoma – 185-3-moddaga (O‘zbekiston Respublikasi hududida fuqaroviy va xizmat quroli sifatida muomalada bo‘lishi taqiqlangan ashyolarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishi) muvofiq rasmiylashtirildi.

Sud organlari tomonidan ma'muriy huquqbuzarlik sodir etganlikda aybdor deb topilgan 59 nafar fuqaroga nisbatan jarima belgilandi, to‘rt nafar fuqarolar ma'muriy qamoqqa olindi.

Mavzuga oid