Abdulaziz Komilov va Maykl Pompeo telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar Davlat departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Maykl Pompeo AQSh O‘zbekiston suvereniteti, hududiy yaxlitligi va mustaqilligini, shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoyevning islohotlar dasturini doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlashini tasdiqlagan.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri va AQSh davlat kotibi inson huquqlari sohasidagi islohotlar jarayoni, jumladan, din erkinligini kengaytirish, odam savdosiga qarshi kurash, fuqarolik jamiyati va jurnalistlar uchun maydonni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.
«Shuningdek, kotib va tashqi ishlar vaziri AQSh eksportchilari va investorlari uchun imkoniyatlarni muhokama qildilar. Sababi, O‘zbekiston bozor siyosati va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirmoqda», - deyiladi xabarda.
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Qo‘shma Shtatlar davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi sheriklik hamda strategik hamkorlik haqida fikr almashib, har ikki davlat hukumatining yillik ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlarni strategik sheriklik bo‘yicha muloqot shakliga aylantirish to‘g‘risidagi qarorini yuqori baholadi.
Qayd etilishicha, ushbu muloqot orqali AQSh va O‘zbekiston siyosiy, iqtisodiy hamda gumanitar yo‘nalishlarda yanada yaqinroq hamkorlik qiladi.
Mavzuga oid
19:00 / 25.12.2024
“Matritsa”ning buzilishi va tarixiy order
18:52 / 25.12.2024
Tramp o‘lim jazosini qo‘llashda qat’iyat bilan davom etishini aytdi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024