AQShda koronavirus bilan kasallanish holatlari dekabrdayoq yuz bergani ma'lum qilindi
AQShning Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish boshqarmasi (CDC) koronavirus bo‘yicha o‘z tadqiqoti natijalarini e'lon qildi. Unga ko‘ra, AQShda koronavirus bilan kasallanish holatlari bu haqida rasman ma'lum qilingandan bir necha hafta oldin, ya'ni 2020 yil yanvarda emas, balki 2019 yil dekabrdayoq yuz bergan.
Tadqiqotchilar bunday xulosaga AQSh Qizil Xoch jamiyati tomonidan 9ta shtat aholisidan 13 dekabrdan 17 yanvargacha davrda olingan qon tahlillari asosida kelishgan. Olingan 7389ta namunadan 106tasida koronavirusga antitanalar topilgan. Jumladan, antitanalar 2019 yil 13-16 dekabr kunlari AQSh g‘arbida joylashgan Kaliforniya, Oregon va Vashington shtatlarida olingan 369ta namunada hamda 30 dekabr-17 yanvar kunlari AQSh sharqida joylashgan Massachusets, Michigan, Viskonsin, Konnektikut va Rod-Aylend shtatlarida olingan 67ta namunada aniqlangan.
Olingan natijalar CDC mutaxassislariga kasallanish holatlari dekabrdayoq AQShning turli qismlarida yuz berganini aytishga asos bergan.
Avvalroq AQShda koronavirusga chalinish bo‘yicha ilk rasmiy holat 19 yanvarda, Xitoyda esa dekabr o‘rtalarida qayd qilingan, deb hisoblab kelingan. Biroq norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Xitoyda ilk kasallanish holatlari rasmiy xabarlardan bir necha hafta oldin – noyabrdayoq yuz bergan bo‘lishi mumkin. Bu CDC tadqiqotlari davomida olingan natijalar bilan ham qisman tasdiqlanishi mumkin.
Mavzuga oid
17:22 / 17.11.2024
Tramp Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarini olib chiqqanlarni jazolamoqchi – OAV
10:05 / 17.11.2024
Trampning qaytishi: Ukraina masalasida AQSh va Yevropaning pozitsiyasi bo‘linadimi?
21:19 / 16.11.2024
Tramp Oq uy tarixidagi eng yosh matbuot kotibini tayinladi
15:52 / 16.11.2024