«Barchasi «O‘zbekneftgaz» bankrot bo‘lishi uchun qilingan. Uzoq yillar davomida geologiya qidiruv ishlariga mablag‘ kiritilmagan» – Alisher Sultonov
30-35 yil ichida barchasi «O‘zbekneftgaz»ning bankrot bo‘lishi uchun qilingan. Bu haqda energetika vaziri, kompaniyaning sobiq boshqaruv raisi Alisher Sultonov Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
«Chunki so‘nggi yillarda... men mustaqillik yillari demayapman, balki 30-35 yil davomida barchasi ushbu kompaniyani bankrot qilish uchun qilingan. Ko‘p yillar davomida geologiya qidiruv ishlariga hech qanday mablag‘ kiritilmagan. Men «O‘zbekneftgaz» rahbari edim. Birinchi o‘rinbosar sifatida 2013 yilda kelganman. O‘sha paytda «O‘zbekneftgaz»ning o‘rinbosarlaridan biri menga taqdimot ko‘rsatdi, unda 2017 yilda «O‘zbekneftgaz» bankrot bo‘lishi aytilgandi. Nima uchun? Balans har yili tasdiqlanadi. Har yili neft-gaz sanoati uchun ishlab chiqarishning pasayishi bilan balans tuzilgan. Balansda allaqachon tushayotgan qazib olish ko‘rsatkichi nazarda tutilgan.
Geologiya qidiruv ishlari uchun mablag‘ kiritilmagan. Bu poydevorsiz bino qurish bilan barobar. Geologiya qidiruv ishlari 7 yoki 10 yilda natija beradigan soha. Bu barcha qazib olish va rivojlanish uchun fundament, baza. Bunga pul kiritilmadi.
Davlatning geologiya qidiruv ishlari bilan shug‘ullanishi odatiy amaliyot. Prezidentimiz geologiya qidiruv ishlarini Davlat geologiya qo‘mitasiga topshirdi, ya'ni bu davlatning vakolatidir.
Bir paytlar «O‘zbekneftgaz» gegemon - konlarni o‘zlashtirish bilan shug‘ullangan yagona kompaniya edi. U ham vazirlik, ham xo‘jalik sub'yekti tashkiloti hisoblangan. Bu funksiyalar bo‘lindi va vazirlik tashkil etildi. «O‘zbekneftgaz» kattalashtirildi. Katta va kambag‘al kompaniyadan ko‘ra, kichik va boy kompaniyaga ega bo‘lgan yaxshi. Shuning uchun faqat ishlab chiqarish va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi sifatida «O‘zbekneftgaz» qayta tashkil qilindi. «O‘ztransgaz» esa transport kompaniyasi, kelajakda u faqat transport xizmatlarini ko‘rsatadi. «Hududgazta'minot» davlat-sheriklik hamkorligiga o‘tkaziladi.
«O‘zbekneftgaz» kabi gigantni oyoqqa turg‘azish oson ish emas. Energiya resurslarisiz hech qanday iqtisodiyot rivojlanmaydi. Shuning uchun davlat bu kompaniyani oyoqqa turg‘azish bo‘yicha qarorlarni qabul qilmoqda», – dedi u.
Bundan oldin, energetika vaziri elektr energiyasini yetkazib berishdagi uzilishlarga izoh bergandi.
Mavzuga oid
22:19 / 19.12.2024
Shavkat Mirziyoyev gaz qazib olishni oshirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
15:18 / 14.12.2024
10 kun ichida O‘zbekistonning energetika xavfsizligi konsepsiyasi ishlab chiqiladi
18:04 / 14.09.2024
Yirik energetika korxonalarining soliq to‘lovlari keskin qisqarishda davom etmoqda
21:27 / 05.09.2024