AQShda tez yordam xizmati inqiroz yoqasida ekanligi aytildi
AQSh tez yordam assotsiatsiyasi vakillarining bildirishicha, tez yordam xizmati xodimlariga 2,62 milliard dollar mablag‘ zarur.
AQSh tez yordam assotsiatsiyasi sog‘liqni saqlash vazirligi va ijtimoiy xizmatlarni tez tibbiy yordam xizmati tizimi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat sababli «imkoniyatlar chegarasida» turganligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda NBC News xabar bermoqda.
«Barcha shtatlarda "911" tez tibbiy yordam xizmati imkoniyatlar chegarasida turibdi. Qo‘shimcha yordam berilmasa, inqiroz yuz berishi mumkin», — deyiladi assotsiatsiya tomonidan.
Assotsiatsiya vakillarining bildirishicha, tez yordam xizmati xodimlariga 2,62 milliard dollar mablag‘ zarur. Avvalroq ham ana shunday so‘rov yuborilgan, ammo assotsiatsiya aprelda berilgan 350 million dollardan tashqari hech qanday mablag‘ olmagan.
Qayd etilishicha, «sog‘liqni saqlash sohasidagi boshqa tashkilotlar olgan yordam bilan solishtirganda, bu juda kam».
Avvalroq koronavirusga qarshi vaksina bilan birinchi bo‘lib kimlar emlanishi ma'lum qilingandi. Bular tibbiyot xodimlari va qariyalar uyida yashayotgan keksa yoshdagi insonlar bo‘ladi.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024
AQShda “politsiyachi” robot jinoyatchini tutib berdi
16:27 / 21.09.2024