O‘zbekiston | 19:32 / 02.12.2020
24953
1 daqiqa o‘qiladi

Yangiariq tumani hokimi o‘zgardi

Xorazm viloyati hokimi yordamchisi Yangiariq tumanining yangi hokimi sifatida ish boshladi.

Xalq deputatlari Yangiariq tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov ishtirok etgan sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Anvar Kenjayevich Davletov Yangiariq tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Anvar Davletov 1985 yil Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma'lumoti oliy. Mutaxassisligi – Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. U shu vaqtgacha viloyat hokimining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish masalalari bo‘yicha yordamchisi lavozimida ishlab kelgan.

Yangiariq tumaniga 2020 yil martidan buyon Muhammedmurad Xudayberganov hokimlik qilib kelayotgandi.

Mavzuga oid