Jahon | 14:38 / 03.12.2020
2858
2 daqiqa o‘qiladi

AQShda 2021 yil martigacha 100 mln kishini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilmoqda

Hukumatning rejasiga ko‘ra, dekabrda 20 mln, yanvarda 30 mln va fevralda yana 50 mln kishi emlanadi.

Foto: AP

AQSh hukumati 2021 yilning fevral oyi oxirigacha 100 mln kishini yoki mamlakat katta yoshli aholisining 40 foizini koronavirusga qarshi emlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda hukumat maslahatchisi Monsef Slaui ma'lum qildi.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga qarshi vaksinatsiya dekabr o‘rtalarida boshlanishi mumkin. 

 30 noyabrda Amerikaning Moderna kompaniyasi o‘zining koronavirusga qarshi mRNA-1273 vaksinasi ro‘yxatga olinishi uchun ariza topshirganini ma'lum qilgandi.

 Keyinroq AQShdagi yana bir farmatsevtika kompaniyasi – Pfizer Germaniyaning BioNTech kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqqan vaksinasini ro‘yxatga olish uchun hujjat topshirdi.

 AQShda aholini emlashda har ikki vaksinadan foydalanish kutilmoqda. Hukumatning rejasiga ko‘ra, dekabrda 20 mln, yanvarda 30 mln va fevralda yana 50 mln kishi emlanadi.

Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda pandemiya davrida 273 mingdan ortiq kishi vafot etdi, koronavirus yuqtirganlar soni esa 13,9 mln nafarga yetdi.

Mavzuga oid