Koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqqan kompaniya asoschisi milliarderlar ro‘yxatiga kirdi
Koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqqan BioNTech biotexnologik kompaniyasi asoschisi Ugur Shaxin dunyoning eng boy 500 odami ro‘yxatiga kiritildi. Bunga BioNTech aksiyalarining keskin qimmatlashgani sabab bo‘ldi.
Bloomberg axborot agentligining xabar berishicha, Shaxin 5,1 mlrd dollar bilan ro‘yxatning 493-o‘rnidan joy oldi. Uning aktivlari qiymati Britaniya BioNTech AQShning Pfizer kompaniyasi bilan ishlab chiqqan vaksinani qo‘llashni ma'qullagandan keyin keskin oshib ketgan.
Umuman olganda, BioNTech aksiyalari narxi bir yil ichida 250 foizga oshgan.
Kelib chiqishi turkiyalik bo‘lgan Ugur Shaxin BioNTech’ga milliarderlar Tomas va Andreas Shtruyengmannlar ko‘magida asos solgan. Shaxinning rafiqasi O‘zlem Turechi hozirda BioNTech’da bosh shifokor va immunolog bo‘lib ishlaydi. Shaxin kompaniyaning 18 foiz aksiyasiga ega.
Nemis kompaniyasining 50 foizga yaqin aksiyasi aka-uka Shtruyengmannlarga tegishli.
Mavzuga oid
19:24 / 22.11.2021
Pfizer va BioNTech bolalar uchun vaksinasi yuz foiz samarali ekanini ma'lum qildi
20:08 / 09.07.2021
Pfizer va BioNTech koronavirusning delta-shtammiga qarshi vaksina ishlab chiqdi
18:51 / 05.05.2021
Pfizer yil yakuniga qadar 72,5 milliard dollar daromad qilishni ko‘zlamoqda
14:00 / 24.03.2021