Urugvayning sobiq prezidenti Tabare Vaskes 80 yoshida vafot etdi
Urugvayning sobiq prezidenti Tabare Vaskes 6 dekabrda 80 yoshida vafot etdi. Bu haqda Vaskesning o‘g‘illariga tayanib El Observador nashri xabar berdi. Siyosatchining o‘limiga saraton kasalligi sabab bo‘lgan.
“Biz chuqur qayg‘u bilan qadrli otamiz – doktor Tabare Vaskes vafot etganini ma'lum qilamiz. U soat 3da saraton kasalligi sababli hayotdan ko‘z yumdi”, deb ma'lum qilishgan Vaskesning o‘g‘illari.
Vaskesning oilasi murakkab epidemiologik vaziyat sababli otalari bilan vidolashish marosimi bo‘lmasligini, dafn marosimida esa faqat yaqinlar ishtirok etishini ma'lum qilgan.
Vaskes Urugvay prezidenti lavozimini 2005 yildan 2010 yilgacha hamda 2015 yildan 2020 yilgacha ikki muddat egallagan.
Mutaxassisligi bo‘yicha onkolog shifokor bo‘lgan Tabare Vaskes 2019 yil avgustda o‘zida yomon sifatli o‘simta aniqlanganini ma'lum qilgan. U davolanishiga, jumladan nur terapiya olishiga qaramay, davlat rahbari majburiyatlarini prezidentlik muddatining oxirigacha - 2020 yil 1 martgacha bajarishni davom ettirgan. So‘ngra u mamlakat boshqaruvini yangi prezident Luis Lakale Pouga topshirgan.
Mavzuga oid
17:42 / 08.11.2024
Olimlar saratonning eng agressiv shakllarini yengish usulini o‘rgandi
15:23 / 30.10.2024
Olimlar saratonni sun’iy intellekt yordamida davolashning yangi usulini kashf etdi
16:30 / 04.10.2024
O‘yinchoqlar va idishlardagi qora plastik saratonga olib kelishi mumkin - tadqiqot
11:43 / 01.10.2024